«avtomobil bozori» tegli maqolalar


O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi
19 aprel 2024, 14:12

O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi oy avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilganini ma’lum qildi. Bozor mart oyi davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.

2023-yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosi 18 foizga, xususan, elektromobilniki 4,3 baravarga oshdi
18 yanvar 2024, 11:58

2023-yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosi 18 foizga, xususan, elektromobilniki 4,3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda 2023-yilda 1,69 mln dona avtotransport vositasi sotildi, bu 2022-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Elektromobillar savdosi 4,3 borabarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi. Elektromobillarning 71 foizi poytaxtda sotildi.

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?
28 dekabr 2022, 15:07

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

ITIM tahliliga ko‘ra, 2022 yil davomida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 12−15 foizga oshdi. Bunda elektromobillar ulushi 2,3 foizni tashkil etdi. Sotuvdagi mashinalarning 70 foizi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Noyabr oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 41 foizga oshdi — ITIM
15 dekabr 2022, 11:13

Noyabr oyida O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 41 foizga oshdi — ITIM

ITIM tahlillariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda 160 mingga yaqin avtoulov sotilib, oylik o‘sish 41%ni tashkil etdi. Hududlar kesimi bo‘yicha yuqori faollik Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, mahalliy avtomashinalar 58%ga, xorijiy avtomobillar sotuvi esa 69%ga o‘sdi.

Oktabr oyida avtomobil bozorida pasayish kuzatildi
24 noyabr 2022, 13:05

Oktabr oyida avtomobil bozorida pasayish kuzatildi

Oktabr oyida O‘zbekistonda 112,7 mingta avtomobil sotildi. Bu sentabr oyiga nisbatan 8 foizga kam. Ikkilamchi bozorda sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda kamroq keskinlashib, 1,4 foiz kamayishni qayd etdi.

Avtomobil bozori yarim yilda 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi
2 avgust 2022, 23:08

Avtomobil bozori yarim yilda 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi

O‘zbekistonda avtomobil bozori yilning birinchi yarmida ikki baravardan ziyod oshdi. O‘sishning asosiy qismi eski avtomobillar savdosi bo‘yicha 308 ming bitim tuzilgan ikkilamchi bozorga to‘g‘ri keldi. Xorijiy avtomobillar savdosi 50 foizga oshdi.

Aprel oyida avtomobillar savdosi oshdi — ITIM sharhi
18 may 2022, 18:29

Aprel oyida avtomobillar savdosi oshdi — ITIM sharhi

O‘zbekiston avtomobil bozori hajmi aprel oyida 15,1 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda jadal o‘sish kuzatilmoqda. Buni ekspertlar yil boshidan avtomobillarni xarid qilish va olib kirish uchun yig‘im bekor qilingani bilan izohlamoqda. To‘rtinchi oydirki, xorijiy avtomobillarga qiziqish pasayib bormoqda.

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi
15 fevral 2022, 16:21

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi

2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.

2021-yilda O‘zbekiston avtomobil bozorida holat qanday bo‘ldi?
31 yanvar 2022, 19:28

2021-yilda O‘zbekiston avtomobil bozorida holat qanday bo‘ldi?

2021-yilda mamlakat bo‘ylab 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 12 foizga ko‘proq hisoblanadi. Shundan 194,4 mingtasini yengil avtomobillar tashkil etgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda jami 13 mingta “inomarka” sotilgan va ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan.

UzAuto Motors «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
1 iyun 2021, 17:49

UzAuto Motors «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

UzAuto Motors yangi avtomobillari uchun ko‘p ming kishilik navbatlar yuzaga keldi. Tarmoqlarda «shapka tizimi» qaytgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ayrim dilerlar mikrochiplar bozoridagi vaziyatdan foydalanishga harakat qilayotganini ma’lum qilib, noqonuniy harakatlar haqida xabar berishga chaqirdi.

Aprelda avtomobillarga talab qanday o‘zgardi
19 may 2021, 08:12

Aprelda avtomobillarga talab qanday o‘zgardi

Avtomobil bozoridagi talab aprel oyida martga nisbatan 14,1 foizga oshib, o‘sishda davom etdi. Shartnomalar soni ortadi, biroq narxlarning keskin ko‘tarilishi kutilayotgani yo‘q. Ilk bor xorij avtolari haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Mart oyida avtomobillar savdosida o‘sish kuzatildi
17 aprel 2021, 16:20

Mart oyida avtomobillar savdosida o‘sish kuzatildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7%ga oshib, qatorasiga ikkinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, avtomobillar savdosi o‘sishi 47,4%ni tashkil qildi.

Fevral oyida ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgardi?
23 mart 2021, 14:03

Fevral oyida ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgardi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgarganini tahlil qilib chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting